Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Kelishuv 2030 yilgi Jahon chempionati oxirigacha amalda bo'ladi.

Qayd etilishicha, sentyabr oyida Argentina futbol assotsiatsiyasi mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilgan edi. Endi u rozilik bildirdi. Faqat shartnomaning bazi detallarini hal qilish qoldi xolos.

Skaloni 2018 yildan beri Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida milliy jamoa sakkiz yil ichida Jahon chempionati (2022), ikkita Amerika Kubogi (2021, 2024) va Finalissima (2022) g'olibiga aylandi.