Skaloni Argentina o'yinida eng yaxshi deb topilgan Lo Chelsoning harakatlariga baho berdi

Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan Iordaniyaga qarshi bahsda yarim himoyachi Jovani Lo Chelsoning ko'rsatgan o'yinini yuqori baholadi. Xavbek uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'ldi va bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Lo Chelso 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmagan edi. U o'z imkoniyatini kutdi. Bu bizning jamoamiz uchun juda muhim futbolchi. Jovani yaxshi o'yin namoyish etdi va gol urishga erishdi. Biz u uchun xursandmiz», — deya bosh murabbiyning so'zlarini «albiseleste» matbuot xizmati keltirmoqda.
Argentinaning Iordaniyaga qarshi uchrashuvi 3:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi.
Jahon chempionatining 1/16 finalida «albiseleste» Kabo-Verde terma jamoasi bilan to'qnash keladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar