Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgi Jahon chempionatining birinchi yarim finalida Ispaniyaning Frantsiya ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.

Ispaniya Frantsiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ikkinchi finalchi bugun Argentina va Angliya o'rtasidagi o'yinda aniqlanadi.

"Ispaniya ajoyib o'yin ko'rsatdi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Ispaniyani finalga chiqqani bilan tabriklayman", dedi Skaloni matbuot anjumanida.

"Albiseleste" va Angliya o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz