"Siti" yangi futbolchi uchun 70 mln sarflamoqchi

"Manchester Siti" bu mavsumda jamoa gollarining katta qismini Erling Xoland urayotganidan xavotirda. "Shaharliklar" norvegiyalik to'purarga tushadigan yuklamani kamaytirmoqchi va yangi hujumchi Antuan Semenoni sotib olish haqida o'ylamoqda. Bu haqda The Times o'z sahifalarida yozmoqda.
Bitim qishki transfer oynasidayoq rasmiylashtirilishi mumkin. 25 yoshli Semenoning "Bornmut" bilan shartnomasida uni 65 million funt (taxminan 74 million evro) evaziga sotib olish bandi ko'rsatilgan.
2025/26-yilgi mavsumda Antuan Semeno 13 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va sheriklariga uchta golli uzatmani amalga oshirdi.