Sobiq futbolchi Joleon Leskott Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan "Monako" - "Manchester Siti" uchrashuvi natijasi haqida fikr bildirdi. O'yinda 2:2 hisobi qayd etildi.

"Shaharliklar" yaxshiroq ko'rinardi. Gvardiola jamoasida etarlicha vaziyatlar bo'ldi, ammo o'yin oxirida o'tkazilgan gol barchasini barbod qildi. Bunday durangni mag'lubiyatga qiyoslash mumkin. O'ylashimcha, bu jamoa hali eng yaxshi formada emasligining natijasi", - deya Leskottning so'zlarini keltiradi TNT Sports.

O'tkazilgan ikki o'yindan so'ng "Manchester Siti" 4 ochko jamg'ardi. EChLning navbatdagi turida Gvardiola shogirdlari safarda Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga qarshi maydonga tushadi.