"Siti" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

"Manchester Siti" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Pep Gvardiola jamoasi APL 7-turida "Brentford"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Barcha musobaqalardagi so'nggi ettita o'yinda "shaharliklar" beshta g'alaba va ikkita durang qayd etishdi. 18 oktyabr kuni "Siti" "Everton"ni qabul qiladi.
Ayni paytda Manchester klubi 13 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan 3 ochko ortda qolmoqda.
