"Liverpul" APLda golli o'yinlar seriyasini to'xtatdi.

Bugun mersisaydliklar "Man Siti"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Bungacha "Liverpul" Angliya chempionatida ketma-ket 44 o'yinda gol urgan. Bu liga tarixidagi ikkinchi natija.

Rekord 2001-2002 yillardagi "Arsenal"ga tegishli - 55 ta o'yin.

Uchinchi o'rin "Tottenxem"ga (2023-2024) tegishli - 39 o'yin.