"Siti"ga zo'r markaziy himoyachi keladi

"Manchester Siti" "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Klub e'tiborini "Kristal Pelas" etakchilaridan biriga qaratdi, chunki u jarohatlar tufayli bu pozitsiyada bir vaqtning o'zida ikki futbolchisi - Yoshko Gvardiol va Ruben Diashni yo'qotdi.
BBC xabariga ko'ra, "shaharliklar" Diash va Gvardiolning tibbiy tekshiruv natijalarini kutib, voqealar rivojini tezlashtirmayapti.
2025/2026 yilgi mavsumda Gexi 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. 25 yoshli futbolchining narxi 55 mln evroni tashkil etadi.