"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida muvaffaqiyatli dribling amalga oshirish bo'yicha peshqadam bo'lib turibdi.

U ortda qolgan 11 turda 100 bor o'z raqiblarini aldab o'tgan.

Bu borada "Tottenxem"dan Muhammad Kudus (82 ta dribling) va "Brayton"dan Yakuba Minte (58 ta dribling) kuchli uchlikni yakunlagan.