Simonsning agenti Xavida "Tottenxem"dan boshqa variantlar ham bo'lganini aytdi

O'tgan yozda Xavi Simons "RB Leyptsig"ni "Tottenxem"ga almashtirgandi. Niderlandiyalik hujumkor yarim himoyachining transferi "shporlar"ga 65 mln evroga tushgan. 22 yoshli futbolchiga boshqa nufuzli klublar ham qiziqish bildirgan - masalan, Milanning "Inter" klubi.
"Chelsi" va "Tottenxem"dan qiziqish borligini bilgach, Xavi Angliyada o'ynashga qaror qildi, ammo, albatta, A Seriya vakillarining e'tibori ham unga yoqdi. Balki kelajakda Xavini Italiyada ko'rarmiz, ko'ramiz," - deya agent Ali Baratning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Simons "Tottenxem" safida 22 ta o'yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.