Simons "Tottenxem"ga o'tishdan oldin Verner bilan gaplashgan

Xavi Simons yozgi transfer oynasining so'nggi kunida "Leyptsig"dan "Tottenxem"ga ko'chib o'tdi.
22 yoshli niderlandiyalik xavbek transferdan oldin Timo Verner bilan gaplashganini aytdi.
«Ha, u menga klub miqyosi va uning ajoyib muxlislari haqida ko'p ma'lumot berdi. Shuningdek, uning fikricha, bu joy men uchun o'rganish va o'zimni takomillashtirish uchun juda mos ekanligini ta'kidladi», - dedi Simons.
Xavi "shporlar" 65 million evroga tushdi. Shartnoma 2030 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.