Simon: «Menga penaltilar seriyasi yoqmaydi»

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon JCh-2026 yarim finali doirasidagi Frantsiyaga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. O'yinchi uchrashuv natijasini 11 metrlik jarima zarbalari seriyasisiz hal qilishni afzal ko'rishini ta'kidladi.
«Men asosiy vaqtda 4:0 hisobida g'alaba qozonishni istardim. Menga penaltilar seriyasi yoqmaydi. Ularni tahlil qilishni yaxshi ko'raman, lekin bu lotereya ekanini ham tushunaman. O'zimga ishonaman: agar zarba yo'nalishini topsam, penaltini qaytara olaman. Bu mening mas'uliyatim. Ammo hammasi shu yo'l bilan hal bo'lishini istamayman», — deya Simonning so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar