Simon Kasilyasning rekordini yangiladi

2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Ispaniya Frantsiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. "Qizil Furiya" darvozaboni Unai Simon Jahon chempionatida sakkizinchi marta darvozasidan gol o'tkazmadi.
U Ispaniya afsonasi Iker Kasilyasning rekordini yangiladi. "Real Madrid"ning sobiq darvozaboni Jahon chempionatida ettita o'yinda darvozasidan gol o'tkazmadi.
Ispaniya Shimoliy Amerikada Jahon chempionatining birinchi finalchisi bo'ldi. Argentina va Ispaniya ikkinchi o'rin uchun kurashadi. O'yin bugun, 15 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar