Simon JChdagi «quruq» o'yinlar soni bo'yicha Subisarretani ortda qoldirdi

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon milliy jamoa safida jahon chempionatlaridagi «quruq» o'yinlar soni bo'yicha afsonaviy golkiper Andoni Subisarretani ortda qoldirdi.
Bu natija jahon birinchiligi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Urugvayga qarshi uchrashuvdan (1:0) so'ng qayd etildi. Ushbu bahs Simon uchun JChlarda o'tkazilgan 8 ta o'yindagi beshinchi «quruq» o'yin bo'ldi. Subisarreta esa terma jamoalarning eng nufuzli musobaqasidagi 16 ta o'yindan 4 tasida gol o'tkazib yubormagan. Shu bilan birga, Andoni to'rtta JChda ishtirok etgan bo'lsa, Unay uchun joriy mundial faoliyatidagi bor-yo'g'i ikkinchisidir.
Jahon chempionatlarida bundan ko'p «quruq» uchrashuv faqat Iker Kasilyasga tegishli (7 ta) — u ham xuddi Subisarreta kabi to'rtta JChda qatnashgan. Iker ushbu turnirda jami 17 ta o'yin o'tkazgan.
Simon Ispaniya terma jamoasi safida jami 61 ta o'yinda maydonga tushgan. Bu vaqt ichida u 48 ta gol o'tkazib yuborib, 27 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Oldinda Ispaniyani JCh 1/16 finali doirasida Avstriyaga qarshi o'yin kutmoqda, uchrashuv 2 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar