Ispaniya milliy terma jamoasi posboni Unay Simon Argentinaga qarshi kechgan JCh-2026 g'alabali finalidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Biz hali ham nima sodir bo'lganini to'liq anglab etganimiz yo'q. Vatanimizga qaytganimizda, qanday ish qilganimizni oxirigacha tushunib etamiz. Biz buni 16 yil kutdik. Endi esa bundan zavq olish kerak. Jahon chempionatidagi g'alabaga hech narsa tenglasha olmaydi», — deya darvozabonning so'zlarini Mundo Deportivo nashri keltirmoqda.

Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi «qizil furiya»ning 1:0 hisobidagi kichik g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga ekstra-taymda mualliflik qilgan hujumchi Ferran Torres bo'ldi.

Manba: Stadion.uz