Simon 2025 yilning eng yaxshi murabbiyini tanladi

"Atletik" Bilbao va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon yakunlanayotgan yil yakunlari bo'yicha eng yaxshi futbol murabbiylari uchligini e'lon qildi. Bir kun avval Qatarda FIFA The Best mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Ispaniyalik birinchi o'ringa Frantsiyaning "PSJ" klubida ishlaydigan hamyurti Luis Enrikeni qo'ydi. Ikkinchi o'rinni Londonning "Arsenal" klubi ustozi Mikel Arteta egalladi. Top-3 likni Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yakunlab berdi.
Eslatib o'tamiz, The Best mukofotini Enrike qo'lga kiritgan edi. O'tgan mavsumda ispaniyalik mutaxassis Parij grandi bilan birga Liga 1, Evropa Chempionlar Ligasi, Frantsiya kubogi va Superkubogi g'olibi bo'ldi.