Simeonening "Atletiko"dagi tovon puli ma'lum bo'ldi

Hujumchi Juliano Simeone Madridning "Atletiko" klubi bilan shartnomasini uzaytirdi, uning madridliklar bilan yangi shartnomasi 2030 yilning yarmiga mo'ljallangan. Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, uning shartnomasida ko'rsatilgan to'lov miqdori hayratlanarli - 500 million evro!
Eslatib o'tamiz, gap yaqinda 23 yoshga to'lgan futbolchi haqida ketmoqda. Juliano Madridning "Atletiko" klubi safida 78 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan - uni klub afsonasi deb atab bo'lmaydi. Ammo klubni uning otasi - Diego Simeone boshqaradi.
"Atletiko" ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.