Simeone Vinisius haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Real"ga qarshi derbi oldidan Vinisius Junior haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
"Matraschilar"ning "qaymoqranglilar"ga qarshi uy uchrashuvi bugun La Liga 7-turi doirasida bo'lib o'tadi.
Matbuot anjumani chog'ida jurnalistlar argentinalik murabbiydan Vinisiusning "Real"dagi hozirgi roli haqida gapirib berishni so'rashdi, biroq u javob berishdan bosh tortdi: "Bu savol menga taalluqli emas," - deya Simeonening so'zlarini keltiradi ispan OAV.
Madrid derbisi Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.