Simeone uchun navbatdagi yo'qotish: "Atletiko"ning argentinalik vingeri safdan chiqdi

"Yuventus"dan ijaraga olingan "Atletiko Madrid" vingeri Niko Gonsales jamoa lazaretini to'ldirdi. Futbolchida son mushaklarining shikastlanishi tashxisi qo'yildi.
Klub tibbiy shtabi argentinalik futbolchi uchun tiklanish rejasini allaqachon ishlab chiqdi. Yaqin vaqt ichida Niko fizioterapiya muolajalarini oladi va sport zalida maxsus reabilitatsiya mashqlarini bajaradi.
27 yoshli vingerning maydonga qaytish aniq sanasi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.