Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Juliano Simeone 39 yoshli hujumchi Lionel Messining Shimoliy Amerikada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati — 2026dagi o'yin darajasini baholadi.

«Messi haqida gapiradigan gapning o'zi qolmadi, u — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U tarixdagi eng buyuk o'yinchi va buni haligacha isbotlashda davom etmoqda. Uning maydonda o'ziga xos sehri bor.

Iordaniya bilan o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, ko'rsatgan natijamizdan qoniqdim. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Gol o'tkazib yuborganimiz achinarli, albatta, lekin g'alabadan xursandmiz», — deya yarim himoyachining so'zlarini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati keltirmoqda.

Mundialning guruh bosqichi doirasida Messi uchta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga oltita gol yozdirib qo'yishga ulgurdi.

Manba: Stadion.uz