Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasidagi "Real Sosedad"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.

Simeone jamoasining navbatdagi raqibi Madridning "Real" klubi hisoblanadi. Derbi 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida bo'lib o'tadi.

"Hozir "Real" haqida o'ylashni istamayman. La Ligada ko'proq ochko to'plash biz uchun muhim edi. Ayni paytda ular 38 ochkomiz bor - agar biz o'z maqsadlarimizga erishmoqchi bo'lsak, bu etarli bo'lmasa kerak," - deya argentinalik murabbiyning so'zlarini keltiradi Marca.