Simeone: "Messi va Yamalning "Barselona"sini mag'lub etish oson emas"

Madridning «Atletiko» klubi Diego Simeone boshqaruvi davrida uchinchi bor «Barselona»ni Chempionlar ligasidan chiqarib yubordi.
«Matraschilar» 2014 va 2016 yillardagi chorak finallarda ham «ko'k-anorranglilar»ni musobaqadan chiqarib yuborishgan edi – o'sha mavsumlarda Madrid jamoasi finalgacha etib borib, har ikki safar ham «Real»ga imkoniyatni boy bergan. Joriy mavsumda ham «Barsa» yana 1/4 final bosqichida mag'lub etildi.
«Barselona»ni Chempionlar ligasidan uch marta chiqarib yuborish — oson ish emas. Biz Lionel Messi va Lamin Yamal davridagi «Barselona» haqida gapiryapmiz», — dedi 2011 yil oxiridan beri o'z lavozimida ishlab kelayotgan Simeone o'yindan keyingi intervyusida.