"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Kubogi 1/8 finalining "Atletiko Baleares"ga qarshi o'yini oldidan fikr bildirdi. 

"Raqiblar ishtiyoqqa to'la. Ular "Espanol"ga [1:0] qarshi ajoyib o'yin o'tkazishdi.

Katta jamoalar bu musobaqaga unchalik ahamiyat berishmaydi va tayyor ekanligingizni anglaganingizda, munosabat bildirish uchun juda kech bo'ladi, chunki raqib stadionida faqat bitta o'yin bor", - dedi Simeone.