Simeone jarohat olgan Alvaresning holati haqida ma'lumot berdi

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning jarohati haqida fikr bildirdi.
Argentinalik forvard Chempionlar ligasi birinchi yarim finali doirasidagi «Arsenal»ga qarshi bahsning 56-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni (1:1) o'rnatgan edi. Biroq 77-daqiqada futbolchi jarohat tufayli almashtirilishni so'radi va uning o'rnini Aleks Baena egalladi.
«Alvares javob o'yinida maydonga tushishga albatta tayyor bo'ladi», — dedi Simeone jurnalistlar bilan suhbatda.
Qarama-qarshilikning hal qiluvchi uchrashuvi 5 may kuni «Emireyts» stadionida bo'lib o'tadi. G'olib jamoa finalda «PSJ» yoki «Bavariya» bilan kuch sinashadi.