Simeone: «Emotsiyalarimni zo'rg'a tiyib o'tirdim»

"Atletiko" La Liga 7-turida "Real"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 5:2.
O'yin haqida "matraschilar" ustozi Diego Simeone quyidagicha fikrlar bildirdi.
“Muhimi muxlislarga quvonch hadya qildik, men shundan xursandman. Zaxira o'rindig'ida emotsiyalarimni zo'rg'a tiyib o'tirdim, mavsumni qiyin boshladik va bu g'alaba uchun juda ko'pchilik o'z hissasini qo'shdi”.