Simeone: «Bizni qurbon qilib ko'rsatmang!»

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogi finalida «Real Sosedad»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng (2:2, pen. — 3:4) o'z fikrlarini bildirdi. Murabbiy mag'lubiyatni tan olish va oldinga intilish muhimligini ta'kidladi.
«Birinchi navbatda, buni qabul qilish kerak. Sizga qarshi g'alabani istagan va bunga loyiq bo'lgan jamoa o'ynadi. Hayotning mazmuni yo'l davomida olingan saboqlarni qabul qilishdan iborat. Biz yana hammasini boshidan boshlashimiz kerak», — dedi Simeone.
Shuningdek, murabbiy jamoaning joriy mavsumdagi natijalarini o'tgan yilgi bilan taqqosladi:
«Biz o'tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq holatdamiz. O'tgan yili EChLda 1/8 finalda to'xtagan bo'lsak, bu yil yarim finalgacha etib bordik. Kubokda ham finalga chiqdik. Jamoa Evropaning eng kuchli to'rtta jamoasi qatoriga kiradi».