Simeone: «Biz «Barselona» va «Arsenal»ga qarshi munosib kurashdik»

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasining joriy Chempionlar ligasidagi ishtirokini yuqori baholadi. «Matraschilar» yarim finalda Londonning «Arsenal» klubiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi. Dastlabki uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugagan bo'lsa, Angliyada «kanonirlar» minimal hisobda zafar quchishdi.
«Biz ham 1/4 finalda «Barselona»ga qarshi, ham yarim finalda «Arsenal»ga qarshi munosib kurashdik. Jamoamiz ajoyib o'yin ko'rsatdi — bu barcha futbolchilarning qattiq mehnati natijasidir. Antuan Grizmann juda yaxshi harakat qildi, Koke esa shunchaki ishonib bo'lmas darajada o'ynadi, u haqiqiy mahorat sohibi va etakchi. Umid qilamanki, muxlislar so'nggi o'yinlardagi harakatlarimizni munosib baholashdi. Men bu erda ishlayotganimdan faxrlanaman», — deya Simeonening so'zlarini keltiradi UEFA.