Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (15 aprelga o'tar kechasi) boshlanadi.

Diego Simeone UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida jamoaga David Gantsko va Mark Pubil yordam bera olmasligi haqida to'xtalar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tdi:

«Roben [Le Norman] o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda, Kleman [Lengle] esa katta tajribaga ega va o'zining kuchli hamda zaif tomonlarini yaxshi biladi. Biz jamoa manfaati yo'lida har ikki futbolchining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz».