Simeone "Atletiko" uchun yangi yarim himoyachi tanladi

Madridning "Atletiko" klubi Italiya A Seriyasida "Atalanta" sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi Edersonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.
Ushbu hafta ehtimoliy bitim bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tadi. Edersonni o'z safiga qo'shib olish tashabbuskori "matraschilar" ustozi Diego Simeone hisoblanadi. 26 yoshli ijrochining bozor narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Ederson 2022 yilning yozidan beri Bergamo jamoasida o'ynamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida braziliyalik 18 ta uchrashuv o'tkazib, bitta sariq kartochka oldi.