Simeone "Atletiko"dan ketgach, qaysi klubni boshqarishni istashini aytdi

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "matraschilar" qarorgohini tark etgach, qaysi klubni boshqarishni istashi haqida gapirdi.
«Bu menga bog'liq emas, lekin o'zimni «Inter»ning murabbiyi sifatida tasavvur qila olaman. Qachondir bu sodir bo'lishi mumkin» - deya Simeonening so'zlarini keltiradi Goal.com.