Silvino - Angliya haqida: "Bunday jamoa bilan durang o'ynash qiyin"

Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Silvino Angliyaga mag'lubiyat bilan yakunlangan saralash bosqichini sarhisob qildi. Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi va albaniyaliklar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
"O'yinchilarim bilan faxrlanaman. Jahon chempionati finaliga intilayotgan jamoaga qarshi juda kuchli o'yin o'tkazdik. Bunday jamoa bilan durang o'ynash qiyin", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi DigitAlb.
Pley-offdagi ehtimoliy raqiblar haqida gapirar ekan, Silvino ularning o'yini haqida hozircha tasavvurga ega emasligini, chunki u faqat saralash guruhidagi jamoalarni tahlil qilganini ta'kidladi.