"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva Angliya premer-ligasining 9-turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning holati haqida gapirdi.

"Mudofaada o'z ritmimiz va barqarorligimizni topdik. Bu hujumdagi o'yinchilarga o'z harakatlarini tanlashda erkinlik beradi. Men doim aytaman, mudofaa barqaror bo'lsa, jamoa to'g'ri himoyalangan bo'lsa, futbol o'yinlarida g'alaba qozonish mumkin. O'tgan mavsumda bizga aynan shu narsa uzoq vaqt etishmadi va biz aynan shunga - barqarorlikka qaytmoqdamiz", - deya Silvaning so'zlarini keltiradi Daily Mail.

Angliya chempionatida o'tkazilgan 8 o'yindan so'ng "Manchester Siti" 16 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.