Shveytsariya ustozi Murat Yakin Jazoir bilan bahsda nima sababdan omadlari kelganini aytdi

Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finalida Jazoir ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men o'yindan 100 foiz qoniqqanim yo'q, lekin natijadan juda mamnunman. Ikkinchi bo'limda tarkibda biroz rotatsiya qilishimizga to'g'ri keldi.
O'yin davomida biz tashkiliy jihatdan o'sishga erishdik. Biz pressing qilishga majbur bo'ldik va omadimiz keldi. Yakunda hammasi biz uchun muvaffaqiyatli tugadi», – deya Yakinning so'zlarini keltiradi Globo nashri.
1/8 finalda Shveytsariya milliy terma jamoasi Kolumbiya – Gana uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar