Jahon chempionati-2026 vaqtida San-Diego (AQSh, Kaliforniya shtati) shahrida istiqomat qilayotgan Shveytsariya terma jamoasi zudlik bilan yangi joy izlamoqda.

Jamoa mehmonxonasi yaqinida zaharli ilonlar aniqlangani turar joyni o'zgartirishga sabab bo'lishi mumkin. Shveytsariya futbol assotsiatsiyasi futbolchilar va xodimlarni «ilonlar hududi»ga bormaslikdan ogohlantirdi, hatto bu joy mahalliy xaritada alohida belgilab berildi.

Qayd etish lozimki, San-Diego okrugi shildiroq ilonlar yashaydigan hudud hisoblanadi va ushbu mintaqada uchraydigan ularning to'rtta turi zaharlidir.

JCh-2026 guruh bosqichida Shveytsariya terma jamoasi Kanada, Bosniya va Gertsegovina hamda Qatar bilan kuch sinashadi. Shveytsariyalik futbolchilar turnirdagi ilk uchrashuvlarini 13 iyundan 14 iyunga o'tar kechasi Qatar terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.