Shveytsariya JCh-2026 da rekord o'rnatdi

JCh-2026 pley-off bosqichining dastlabki raundidagi bahsda Shveytsariya terma jamoasi Jazoir milliy terma jamoasi bilan to'qnash keldi. Murat Yakin shogirdlari afrikaliklar ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bo'lib o'tgan ushbu qarama-qarshilikda shveytsariyalik futbolchilar mundiallardagi yangi jamoaviy rekordni o'rnatishdi. Jamoa jahon chempionatining final bosqichi doirasida qatorasiga to'rtinchi o'yinda birinchi bo'lib gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Yakin shogirdlarining keyingi raqibi Kolumbiya – Gana juftligi g'olibi bo'ladi.
Mundial Shimoliy Amerikaning uchta davlati: AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar