Shvetsiya terma jamoasi himoyachisi Gabriel Gudmundsson Frantsiyaga qarshi JCh-2026 1/16 final uchrashuvidan so'ng hakamlik borasida o'z fikrini bildirdi.

Uchrashuv frantsuzlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Futbolchining fikricha, maydonda ko'plab yulduzli o'yinchilarning borligi hakamlarning qarorlariga ta'sir ko'rsatgan.

«Bunchalik ko'p yulduzlar bo'lganda, hakamlar ehtimol kamroq hushtak chalishar. Vaholanki, ular ancha ko'p hushtatak chalishlari mumkin edi. Frantsiyaga qarshi o'ynaganingizda mana shunday voqealar sodir bo'ladi», — deya Gudmundssonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Expressen nashri.

Gudmundsson maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Shvetsiya terma jamoasi F guruhidan uchinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olgan edi va turnirdagi ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunladi. Frantsiya esa JCh-2026dagi ishtirokini davom ettiradi va 1/8 finalda Paragvay terma jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz