Shvetsiyalik futbolchi nima uchun Tunis darvozasiga urgan golini nishonlamani ma'lum bo'ldi (video)

Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi Yasin Ayari 2026 yilgi jahon chempionatining F guruhi 1-turida Tunisga qarshi bahsda kiritgan golini nishonlamadi.
Shvetsiyalik yarim himoyachining bu qarorga kelishiga sabab ham ma'lum bo'ldi. Gap shundaki, Yasin Ayarining otasi millat jihatdan tunislik hisoblanadi. Shu bois futbolchi o'zining tarixiy vataniga hurmat ko'rsatgan holda, Tunis darvozasiga urgan golidan keyin quvonchini namoyish etmadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvda aynan Ayari 7-daqiqada hisobni ochgan edi. U o'yinning qo'shimcha daqiqalarida yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, dubl qayd etdi.
Jahon chempionati–2026. F guruhi, 1-tur
15 iyun, 2026 yil. Guadalaxara (Meksika). «BBVA» stadioni
Shvetsiya – Tunis – 5:1
Gollar: Ayari, 7 (1:0), Isak, 30 (2:0), Rekik, 43 (2:1), Dyokeresh, 59 (3:1), Svanberg, 84 (4:1), Ayari, 90+6 (5:1).
AYARI STRIKES FOR SWEDEN
— Abraham (@The_Abe_Machine) June 15, 2026
Tunisian fire + Moroccan flair = Pure Swedish gold!
Born in Solna, built for the Blågult.
Yasin Ayari delivers the magic again! What a goal. What a player. Let’s go Sweden !!#worldcup #sweden pic.twitter.com/0b8ksYVsIA