Shvetsiyalik futbolchi Xermann Yuxansson faoliyatini MLSning "Dallas" klubida davom ettiradi.

28 yoshli Yuxansson "Melbyu" klubi futbolchisi bo'lib, u 1500 ga yaqin aholisi bo'lgan Xellevik baliqchilar qishlog'ida tug'ilib, tarixda birinchi marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritib, shov-shuvga sabab bo'lgan.

Hujumchi sifatida harakat qilayotgan Yuxansson avvalroq Shvetsiyaning quyi ligalarida "Friska Vilyur", "Vinberg" va "Sadviken" klublarida o'ynagan, 2021 yilda "Melbyu"ga o'tgan. O'tgan mavsumda u Shvetsiya chempionatida 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, terma jamoadagi debyutini o'tkazdi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,8 million evroga baholamoqda.