Shvetsiya murabbiyi Potter: "Hissiyotlarni jilovlash qiyin bo'ldi"

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter o'z shogirdlarining jahon chempionatiga yo'llanma olgani borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Hal qiluvchi o'tish (pley-off) o'yinida Shvetsiya Polshani 3:2 hisobida mag'lub etdi.
«Ajoyib oqshom. Bu katta sharaf va beqiyos tajriba! Dramalarga boy o'yin bo'ldi, hissiyotlarni va tikilgan maqsad naqadar muhimligini nazorat qilish juda qiyin kechdi», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Shuningdek, 2025 yilning oktyabr oyida jamoa jilovini o'z qo'liga olgan Potter shuni ta'kidladiki, terma jamoada iqtidorli futbolchilar etarli bo'lsa-da, dastlab muvaffaqiyatga erishish uchun buning o'zi kamlik qilgan, chunki jamoa yaxlit bir butunlikka aylana olmagan edi.
Jahon chempionatida Shvetsiya "F" guruhida Tunis, Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Kommentariyalar