Yon Dal Tomasson Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Shvetsiya futbol ittifoqi 49 yoshli mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qilgani haqida Sportbladet nashri o'z sahifalarida ma'lum qildi.

Tomasson jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida o'z uyidagi ikkita mag'lubiyatidan so'ng ishini yo'qotdi. Shvetsiya terma jamoasi dastlab Shveytsariyaga (0:2), keyin esa Kosovo jamoasiga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

Shvetsiya terma jamoasi 4 o'yinda atigi 1 ochko jamg'argan holda saralash guruhida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

Tomasson qo'l ostida Shvetsiya terma jamoasi 18 ta o'yin o'tkazib, 9 ta g'alaba, 2 ta durang va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan.