Sandro Shvarts "Nyu-York Red Bulls" tomonidan ishdan bo'shatildi.

MLS klubi 47 yoshli murabbiyning keyingi mavsumdan boshlab jamoa bilan ishlamasligini e'lon qildi.

Shvarts "Nyu-York Red Bulls"da ikki mavsum o'tkazdi. Birinchi mavsumida klub Sharqiy konferentsiyada birinchi o'rinni egalladi va MLS kubogi finaliga chiqdi.

Bu mavsumda "Nyu-York Red Bulls" pley-off bosqichiga chiqa olmadi va ligada 10-o'rinni egalladi.