«Shu jihat ustida ishlashi kerak». Tahlilchi Abduqodir Husanovning kamchiligini aytdi (video)

X ijtimoiy tarmog'ida Fathalli nomi ostida faoliyat yurituvchi tunislik videoskaut, sharhlovchi va futbol tahlilchisi Abduqodir Husanov qaysi jihatda o'sishi kerakligini aytib o'tdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Kecha «Manchester Siti» ishtirokida APL 37-turidan o'rin olgan mehmondagi «Bornmut»ga qarshi bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Bu natija «shaharliklar»ni chempionlikdan mahrum qildi — mavsum tugashiga bir tur qolganidayoq «Arsenal» sovrinni rasman qo'lga kiritdi.
«Husanov ehtimol yozda shu jihat ustida ishlashi kerak bo'ladi.
Himoyaga qaytayotganda u ba'zan to'pga haddan tashqari e'tibor qaratib qo'yadi. Shu sabab atrofdagi vaziyatni kech baholaydi va xavfni payqaganidan keyin ham qaror qabul qilishda kechikib qoladi.
Balkim, u hali ham bunday vaziyatlarni jismoniy kuchiga tayanib bartaraf etishga ortiqcha ishonayotgandir?» — deb yozdi Fathalli.
Khusanov might need to work on this next summer.
— Fathalli (@FathalliMo) May 19, 2026
In defensive transitions, he can get too ball-focused, which leads to late scans and, therefore, delayed decisions even after recognizing danger.
Maybe he still relies on his physicality to bail him out? pic.twitter.com/uO7gAMW9V1