Shtiller yana bir top-klubning qiziqishlari doirasiga tushdi

«Shtutgart» yarim himoyachisi Andjelo Shtiller «Yuventus»ning qiziqishlari doirasiga tushdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Turin klubi 25 yoshli futbolchini potentsial transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritgan.
«Byankoneri» Germaniya terma jamoasi a'zosi uchun Angliya Premer-ligasi vakillari bilan kurashishga tayyor. Avvalroq Andjelo Shtillerga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachining narxini 45 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda «shvablar» etakchisi barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.