Shtiller Angliyaga yo'l olishi mumkin

Germaniyaning “Shtutgart” klubi yarim himoyachisi Anjelo Shtiller Angliya premer-ligasining etakchi vakillaridan birida o'ynash imkoniyatiga ega.
Jurnalistlarning fikricha, 24 yoshli futbolchi uchun kurashda Londonning “Arsenal” jamoasi favorit sanaladi.
Avvalroq, matbuotda Shtillerga "Real", "Bavariya" va "Manchester Yunayted"dan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Yarim himoyachining transfer narxi 38 million evroga baholanmoqda.