Shoxjahon Yorqinboev: "Terma jamoamiz safida to'p surish niyatim bor edi"

FIFA kunlari munosabati bilan milliy terma jamoamizdan tashqari, yana boshqa yosh toifalaridagi terma jamoalarimiz ham yig'in hamda o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qlimoqdalar.
Jumladan, O'zbekiston U-20 terma jamoamiz ham Toshkentda shug'ullanmoqda. Qozog'iston yoshlariga qarshi o'yinlar o'tkazilmoqda. Ilk uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bugun esa ushbu jamoalarning ikkinchi o'yini bo'lib o'tadi.
Terma jamoamiz safiga yangi chaqirilgan futbolchilar orasida "Andijon" yarim himoyachisi Shoxjahon Yorqinboev ham bor. U Qozog'istonga qarshi bahsda terma jamoamiz tarkibida debyutini o'tkazdi.
- U-20 terma jamoamiz safida ilk o'yiningizni o'tkazdingiz. Qanday taassurot qoldirdi?
- Terma jamoamiz tarkibida to'p surish niyatim bor edi. Etkazganiga shukr. Taassurotga keladigan bo'lsam, birinchi uchrashuv yaxshi o'tdi. Boshida o'yinni tempiga tushish sal qiyin bo'ldi.
- Klub bilan terma jamoani mashg'ulotida farqlari nimada ko'rindi?
- Mashg'ulotlarda farqi sezilgani yo'q, deb o'ylayman. Klubda ham, terma jamoada ham mashg'ulotdagi vazifalar deyarli bir xil. Terma jamoada mashg'ulotlardagi asosiy urg'u taktikaga qaratilgan.
- Zaxiradan maydonga tushishingizdan avval Ravshan Haydarov sizga qanday ko'rsatmalarni berdi?
- To'p raqib jamoada bo'lgan paytda pressing qilib, uni qaytarib olishimizni va to'pni nazorat qilib, xavfli hujumlar yaratishimizni ko'rsatma sifatida berdi.