"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohat oldi.

APLning 28-turidan o'rin olgan bahsda 2:1 hisobida "qizil iblislar" g'alaba qozondi.

22-daqiqada "Kristal Pelas" himoyachisi Daniel Munos to'p uchun kurashda Shouning to'piq qismini bosib oldi. 24-daqiqada Lyuk zaxiraga olindi — uning o'rniga "MYu" tarkibida Nussair Mazraui maydonga tushdi.

Bugungi o'yindagi jarohat Shou uchun "MYu"dagi faoliyati davomidagi 27-si bo'ldi. Shuningdek, 30 yoshli himoyachi ikki marta kasallik sababli safdan chiqqan, jumladan, 2022 yilda koronavirusni boshdan o'tkazgan edi.