Shou Angliya terma jamoasiga qaytishi kerakmi? Amorim javob berdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim himoyachi Lyuk Shouning Angliya terma jamoasiga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
30 yoshli futbolchi joriy mavsumda jarohatlarsiz o'ynamoqda - u "qizil iblislar"ning Premer-ligadagi barcha 9 o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
"Menimcha, Shou Angliya terma jamoasiga chaqirilishga loyiq, ammo boshqa ko'plab futbolchilar haqida ham shunday deyish mumkin. Men Lyukning terma jamoada o'ynashini istayman, shu bilan birga u klub ixtiyorida qolib, tiklanib, bo'lajak o'yinlarimizga xotirjam tayyorlana olsa, xursand bo'laman," - deya Amorimning so'zlarini keltiradi UtdDistrict.
Angliya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Serbiya (13.11) va Albaniya (16.11) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.