Shotlandiyalik siyosatchi Messi haqidagi so'zlari uchun Pirs Morganni «troll» qildi

Shotlandiya parlamenti a'zosi Stiven Flinn Lionel Messi haqidagi fikrlaridan so'ng Pirs Morganni masxara qildi.
JCh-2026 yarim finalida Angliya terma jamoasi Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va 85- hamda 92-daqiqalarda gol o'tkazib yubordi. Messi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
O'yin davomida ingliz teleboshlovchisi Morgan: «Messi o'ynayaptimi?» deb yozgandi. Uchrashuv yakunidan so'ng Flinn unga javob qaytardi: «Ha. Finalda».
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar