Shotlandiyalik himoyachi Chempionship klubi bilan shartnoma imzoladi

Shotlandiyalik o'ng qanot himoyachisi Maks Jonston Chempionship klubi "Derbi Kaunti" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.
"Moteruell" jamoasi mahsuli bo'lgan 21 yoshli futbolchi so'nggi ikki yil davomida Avstriyaning "Shturm Grats" jamoasida o'ynadi.
Bu jamoa uchun 65 uchrashuvda Jonston ikkita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfer 2,5 million evroni tashkil qildi.