Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiy Stiv Klark bilan shartnomani uzaytirdi

Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiy Stiv Klark bilan amaldagi kelishuv 2030 yilga qadar uzaytirilganini rasman e'lon qildi.
«Shotlandiya terma jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli bosh murabbiy Stiv Klark yangi shartnomaga imzo chekkanini va ushbu yozdan keyin ham o'z lavozimida qolishini mamnuniyat bilan tasdiqlaymiz», — deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.
Shotlandiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida «C» guruhida Braziliya, Marokash va Gaiti jamoalari bilan kuch sinashadi.
62 yoshli Stiv Klark Shotlandiya terma jamoasini 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. U faoliyati davomida «Aston Villa», «Liverpul», «Chelsi» va «Nyukasl Yunayted» kabi ingliz klublarida ham ishlagan.